Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi emlangani ma'lum qilindi
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov OAV vakillari uchun o‘tkazib kelinayotgan an'anaviy brifingda prezident vaksina qabul qilganiga oid ma'lumot berdi.
Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbiri prezident matbuot kotibiga “Davlat rahbari emlanish zarurligini muntazam ta'kidlab kelmoqda. Prezidentimizning o‘zi vaksina qabul qildimi, agar javob ijobiy bo‘lsa, u qanday turdagi vaksina?”, – deya savol berdi.
“Davlatimiz rahbari mas'uliyatli fuqaro sifatida vaksinatsiya jarayoniga jiddiy qaraganlar va emlanish muolajalarini to‘la qabul qilib bo‘lganlar. Prezidentimiz vaksina qabul qilayotgan vaqtlarida O‘zbekistonda uchta vaksina bo‘yicha emlash olib borilayotgandi, bular Xitoy va O‘zbekiston hamkorligida ishlab chiqilgan vaksina, “Sputnik V” va “AstraZeneka” vaksinalari edi. Davlat rahbari shu vaksinalardan birini qabul qilgan.
Ayni paytda respublikamizda vaksinatsiya jarayoni jadal davom ettirilmoqda. Prezidentimiz xalqparvar rahbar sifatida fuqarolarni emlanishga da'vat etadi”, – dedi Sherzod Asadov savolga javoban.
Mavzuga oid
22:12 / 22.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Suma Chakrabarti bilan uchrashdi
21:33 / 22.11.2024
Xitoy Surxondaryodagi mis va kumush konlariga 2,7 milliard dollar investitsiya taklif qilmoqda
20:29 / 22.11.2024
Xorazmga 2025 yilda 1,5 milliard dollar investitsiya jalb etish rejalashtirildi
20:24 / 22.11.2024