O‘zbekiston | 07:45 / 04.03.2021
6320
2 daqiqa o‘qiladi

Bugun O‘zbekistonga Eron hududlaridan iliq va nam havo oqimi kirib kelishi davom etadi 

Bugun kunduz kuni Eron hududlaridan iliq va deyarli nam havo massalari kirib kelishi davom etadi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.

Respublika bo‘yicha ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 12-17 daraja iliq, shimolda 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid