Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari O‘zbekistonning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi
Havo harorati kechalari 17-22 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda va cho‘l hududlarda 39-41 darajagacha bo‘ladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Shanba kuni Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ayrim joylarda kunning ikkinchi yarmida biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati kechalari 17-22 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 39-41 darajagacha bo‘ladi.
15-16 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
15-17 may kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda 15-16 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16 mayda kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 32-34 daraja bo‘ladi.
17 may kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 34-36 daraja bo‘ladi.
16 mayda shaharning ayrim joylarida shamol chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.