O‘zbekiston | 11:36 / 03.12.2020
22327
2 daqiqa o‘qiladi

Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar qilmoqda.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Alisher Amirov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi

Jarqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ziyodulla Davlatov Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Z. Davlatov 1974 yilning 3 martida Termiz tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2007 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

2007-2010 yillarda “Xalq banki” Ichki audit boshqarmasi boshlig‘i, Kredit departamenti direktori, 2010-2013 yillarda “Xalq banki” Toshkent viloyati filiali boshlig‘i, 2013-2017 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari,  2017 yildan to shu kungacha Jarqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlagan.

Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid