Surxondaryo viloyati Şerobod tumanidagi Şalqon qişloğidagi yalangliklarda ikki kişiga toğdan tuşib kelgan oç börilar hujum qilgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi buni rad etdi.
Ma’lum qilinişiça, aholida vahima uyğotgan uşbu voqea aslida Rossiyaning Volgograd oblastida sodir bölgan.
Xabarda qayd etilgan Şalqon, Vandob, Kampirtepa qişloqlarining toğlarida yaşovçi yovvoyi hayvonlar Ekologiya vazirligi tasarrufidagi Surxon davlat qöriqxonasi tomonidan doimiy muhofazaga olingan. Qişning qahraton sovuq kunlarida qöriqxonada muntazam ravişda yovvoyi hayvonlar uçun biotexnik tadbirlar amalga oşirilib, yovvoyi hayvonlar uçrovçi joylarga ozuqabop yemlar hamda xaşaklar qöyib çiqiladi.
«Xabarda ilova qilingan rasmlar ham uşbu holat Surxondaryo viloyatida sodir bölmaganini körsatib turibdi. Sababi murojaatda belgilangan hududlarda joriy yil hisobidan qor tuşmaganini ma’lum qilamiz», deyiladi munosabatda.
Boşqarma ijtimoiy tarmoq faollaridan har qanday xabarlarga işonmaslik, holatga işonç hosil qilmasdan xulosa çiqarmaslik va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatmaslikni söragan.

















