Surxondaryo viloyati Şerobod tumanida yaşovçi E.Ş. IIBga murojaat qilib, bank kartasidan 17 mln 50 ming söm noma’lum şaxs tomonidan firibgarlik yöli bilan özlaştirilganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
Kiberxavfsizlik bölinmalari xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Termiz şahrida yaşovçi 35 yoşli A.J. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvçi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, A.J. internetda “Iphone 13pro” hamda "Xiomi 12" rusumli telefonlar arzon narxda sotiladi deya yolğon e’lon joylaştirgan.
Söng bu e’longa işongan E.Ş. bilan telefon orqali gaplaşib, oldindan 17 mln 50 ming sömni özining bank kartasiga ötkazib olgan. Yozişmalarni öçirib, jabrlanuvçining qönğiroqlariga javob bermay, uni qora röyxatga kirgazib qöygan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, A.J.ning sodir etilib, foş etilmay qolgan boşqa şu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekşiriş maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

















