Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Sherobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar qilmoqda.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Alisher Amirov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan tuman hokimi vazifasidan ozod qilindi.
Jarqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ziyodulla Davlatov Sherobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Z. Davlatov 1974 yilning 3 martida Termiz tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2007 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
2007-2010 yillarda “Xalq banki” Ichki audit boshqarmasi boshlig‘i, Kredit departamenti direktori, 2010-2013 yillarda “Xalq banki” Toshkent viloyati filiali boshlig‘i, 2013-2017 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2017 yildan to shu kungacha Jarqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimida ishlagan.
Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi, deyiladi ma'lumotda.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Malayziya O‘zbekistonda ekspluatatsiyadan chiqqan vagonlarni ta’mirlaydi
O‘zbekiston | 12:42
-
YeI yangi mudofaa loyihalariga qariyb 1 milliard yevro sarflaydi
Jahon | 12:40
-
Elektron tijoratda kurerlik faoliyatini tartibga solish rejalashtirilyapti
O‘zbekiston | 12:28
-
Xitoy bojlardan ozod qilinadigan AQSh tovarlari ro‘yxatini tuzdi
Jahon | 12:26
Mavzuga oid

16:18 / 28.01.2024
Surxondaryoda ikki kishiga bo‘rilar hujum qilgani haqidagi xabarlar rad etildi

11:37 / 24.01.2024
Iphone telefonini sotaman deb fuqaroning 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi

11:12 / 02.11.2023
Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

10:03 / 26.01.2023