O‘zbekiston | 07:52 / 26.04.2022
20283
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo tog‘li hududida Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq borligi ma’lum bo‘ldi

Foto: Ekologiya qo‘mitasi

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanining tog‘li hududida Qizil kitobga kiritilgan qo‘ng‘ir ayiq borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi xabar qildi.

Tuman ekologiya bo‘limining ma’lumot berishicha, suratlar "Terakli" MFY hududida mahalliy aholi tomonidan olingan va ularda ona ayiqni 2 ta bolasi bilan ko‘rish mumkin.

Qo‘ng‘ir ayiq Yevropa, Osiyo, Shimoliy Afrika va Amerikaning o‘rmonli o‘lkalarida tarqalgan. Tanasining uzunligi 2,5 metr, og‘irligi ba’zan 750 kilogrammga yetadi. 

O‘zbekistonning tog‘ o‘rmonlarida oqtirnoqli qo‘ng‘ir ayiq uchraydi. Qo‘ng‘ir ayiq oktyabr — noyabrdan mart — aprelgacha daraxtlar kovagi, toshlarning ostidagi kovaklarda, tabiiy chuqur joylar yoki o‘zi qazigan iniga tushib qishki uyquga ketadi. Urg‘ochilari uyada 2—3 ta, ba’zan 1 yoki 4 ta nimjon bola tug‘adi.

Mavzuga oid