OAV: Putin va Tramp G20’da “maxfiy” uchrashuv o‘tkazishgan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Tramp Hamburgdagi G20 sammiti davomida yana bir, norasmiy uchrashuv o‘tkazishgan bo‘lib, bu haqda xabar berilmadi, deb ma'lum qilmoqda Reuters Oq uydagi nomi oshkor etilmagan vakilga asosan.
The Hill ham davlatlar yetakchilarining ikkinchi uchrashuvi haqida yozgan. Eurasia Group xalqaro konsalting firmasi rahbari Ian Bremmerning so‘zlariga ko‘ra, Putin va Tramp rasmiy muzokaralardan so‘ng, kechki ovqat ustida uchrashishgan.
Bremmerning aytishicha, Rossiya va AQSh rahbarlari taxminan bir soat faqatgina Putinning tarjimoni bo‘lgani holda suhbatlashishgan. Eurasia Group rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Amerika tomonidan tarjimonning bo‘lmagani milliy xavfsizlik bo‘yicha bayonnomaning buzilishi sanaladi.
Biroq, prezidentlar muhokama qilgan masalalarga oydinlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
17:41
«Putin doim hujumga tayyor, Tramp – tabiatan developer». Merkelning memuaridan parchalar
16:39
Putin MDH va qo‘shni mintaqalarda vaziyatni beqarorlashtirishning oldini olishga chaqirdi
17:53 / 23.11.2024
AQSh razvedkasi Putinning xorijdagi muxoliflari o‘ldirilishiga oid maxfiy hujjatlarni qisman ochiqladi
16:33 / 23.11.2024