Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport quriladi
Transport sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha axborot berildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevga transport sohasidagi yirik loyihalar bo‘yicha axborot berildi.
«Iqtisodiyot rivojlanib, hayot sur’ati tezlashgani sari transport aloqalariga talab ham oshaveradi. Toshkent shahriga avia yo‘lovchilar oqimi 2030 yilda 15 millionga yetishi kutilmoqda. Lekin bunga hozirgi aeroportning quvvati yetmaydi. Shahar ichida joylashgani sababli uni kengaytirish imkoni ham yo‘q.
Shu bois Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurish rejalashtirilgan. Bugungi kunda xususiy sheriklik bo‘yicha xorijiy kompaniyalar takliflari ko‘rib chiqilmoqda», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Taqdimotda mutasaddilar ushbu yirik loyihaning barcha jihatlari bo‘yicha axborot berdi.

So‘nggi yillarda yo‘l xo‘jaligiga ham katta mablag‘ ajratilib, yangi inshootlar barpo etilmoqda. Avtotransportlar harakatiga qulaylik yaratish maqsadida muqobil yo‘llar qurilishi ham loyihalashtirilmoqda. Bu borada investorlarga jozibador muhit yaratish uchun «Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda ishlab chiqildi.
Shularga asoslanib, Toshkent bilan Samarqand o‘rtasida muqobil tezyurar yo‘l qurish loyihasiga bir necha hamkor davlatlar kompaniyalari qiziqish bildirgan.
Mutasaddilar ular bilan o‘tkazilgan muzokaralar natijalari va takliflari haqida hisobot berdi.

Davlat rahbari ushbu strategik infratuzilmalarni puxta o‘ylab loyihalashtirish va tezroq amaliy bosqichga o‘tish zarurligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:49 / 07.02.2026
Toshkent viloyatida noqonuniy ravishda tuproq va qum-shag‘al qazigan shaxslarga chora ko‘rildi
16:31 / 03.02.2026
Toshkent viloyatida ayrim yo‘l uchastkalarida tezlik 80 km/soatgacha tushiriladi
08:36 / 30.01.2026
Toshkent viloyatida ekologiya bo‘limi boshlig‘i ushlandi
08:19 / 30.01.2026