Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh sobiq prezidentlari dovullardan jabrlanganlarga yordam jamg‘armasini tashkil etishdi
Foto: ZUMAPRESS.com
AQShning besh nafar sobiq prezidenti «Harvi» va «Irma» dovullaridan jabrlanganlarga yordam jamg‘armasini tashkil etishdi. Bu haqda CBS xabar bermoqda.
Ular orasida Jimmi Karter, katta Jorj Bush, Bill Klinton, kichik Jorj Bush va Barak Obama bor.
Ta'kidlanishicha, pul mablag‘lari OneAmericaAppeal.org saytida, shuningdek, katta Jorj Bushning prezidentlik kutubxonasi tomonidan ochilgan maxsus hisob raqami orqali yig‘iladi.
Avvalroq BMT «Irma» dovuli sababli 37 mln kishi jabr ko‘rishi mumkin ekani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
13:13 / 03.04.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Erondagi eng baland ko‘prik vayron qilindi
23:32 / 02.04.2026
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
21:32 / 02.04.2026
AQShda 51 yil avvalgi qotillik DNK texnologiyasi yordamida fosh etildi
21:19 / 02.04.2026