Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 1905 yilda ishlab chiqarilgan madaniy boyliklar ushlab qolindi
Farg‘ona viloyati bojxonachilari tomonidan “Porter” rusumli yuk avtotransporti to‘xtatilganda, uning kabinasida 1905 yilda ishlab chiqarilgan samovarlar borligi aniqlangan.Bu haqda Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.
Farg‘ona chegara bojxona posti xodimlari tomonidan O‘zbekistondan chiqish yo‘nalishida harakatlangan fuqaro R.I. boshqaruvidagi “Porter” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazilgan.

Natijada, mazkur avtotransport vositasining kabina qismiga yashirilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma'lum qilinmagan 2 dona 1905 yilda ishlab chiqarilgan samovar borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur samovarlar vaqtincha saqlovga olinib, ekspertiza xulosasini olish uchun tegishli idoralarga yuborilgan.
Mavzuga oid
17:33 / 04.05.2026
Ag‘nagan devor, suv bosgan hovli: Rapqondan fotoreportaj
09:15 / 04.05.2026
“Amallab chorvalarni olib chiqib ketdik” – sel kelgan Rapqondan reportaj
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
15:45 / 29.04.2026