O‘zbekiston | 22:00 / 09.06.2022
15236
5 daqiqa o‘qiladi

“Toshkent viloyatida ham “prava” olishdagi tanish-bilishchilik butkul yo‘qotiladi” - Komil Allamjonov

Ohangaronda “Toshkent viloyati imtihon markazi” ochildi. Uning asoschisi Komil Allamjonov avvaliga Toshkent shahrida ochilgan bunday avtomatlashtirilgan markaz poytaxtda haydovchilik guvohnomasi olishdagi korrupsiyani yo‘qotganini aytdi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

9 iyundan haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish bo‘yicha “Toshkent viloyati imtihon markazi” ish boshladi. Ohangaron tumanida joylashgan bu yangi markazning rasman ochilishi va taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev hamda loyiha tashabbuskori Komil Allamjonov ishtirok etdi.

YeXDr-IjByKtEyBSpncE-7xZIM9vJXYa.jpg (1280×853)

Bunday avtomatlashtirilgan markaz Toshkent shahrida 4 fevraldan faoliyat boshlagan edi. Uning asoschisi Komil Allamjonovning aytishicha, o‘tgan vaqt davomida poytaxtdagi imtihon markaziga kelgan talabgorlarning 30 foizi haydovchilik guvohnomasini olgan, qolgan 70 foizi, ya’ni 7 mingdan ziyod o‘quvchi imtihonlardan yiqilgan.

“Turli fikrlar bo‘ladi, ya’ni “imtihon qiyin, imtihon ataylab qiyin qilingan” degan gaplar uchrab turadi. Bularning hammasi noto‘g‘ri. Imtihondan yiqilishning sababi – maktablarda o‘qishning yaxshi bo‘lmagani, maktablarda o‘qishning sifati juda ham pasayib ketganidan.

O‘ylaymanki, mana shu tizim har bir o‘quvchini hushyor tortishga va borib bilim olishga majburlab qo‘yadi. Shu bilan birga, yana bir narsani aytish mumkinki, bugun Toshkent shahrida imtihon bilan bog‘liq korrupsiya nolga tenglashtirildi, sinov jarayonlari bilan bog‘liq turli qo‘ng‘iroqlar, turli tanish-bilishchilik holatlari nolga tenglashtirildi. Hozir Toshkent shahrida faqatgina bilimi borlargina haydovchilik guvohnomasini olyapti, bilimi borlargina yo‘lga chiqyapti, yo‘l harakati ishtirokchisiga aylanyapti.

Shu islohot natijasida aynan shunday markaz paydo bo‘ldi. Bundan keyin va’da berib aytamanki, Toshkent viloyatida ham korrupsiya holati, “prava” olish bilan bog‘liq tanish-bilishchiliklar nolga tenglashtiriladi. Bu tizim aynan shunga xizmat qiladi, bu tizim aynan shunday natija berishi aniq”, – dedi u.

Toshkent viloyati imtihon markazining imkoniyatlari poytaxtdagi bilan teng. Unda har kuni 600 nafardan ziyod odam nazariy, 250 nafar talabgor esa haydash mahorati bo‘yicha imtihonlarni topshirishi mumkin.

Sinov jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan. Fuqaro markazga kelganidan so‘ng u birinchi o‘rinda ro‘yxatdan o‘tishi va individual QR-kod olishi lozim. Keyingi bosqichda nazariy va amaliy imtihonlar uchun to‘lovni amalga oshirish zarur.

Nazariy va amaliy imtihonlar uchun birinchi marta yoki takroran topshirilayotganiga qarab 150 ming so‘mdan 250 ming so‘mgacha narx belgilangan.

Imtihonlar qanday o‘tadi?

Nazariy imtihon test shaklida o‘tkaziladi, unda 20 ta savoldan kamida 18 tasiga to‘g‘ri javob berish kerak. Bunga 25 daqiqa ajratiladi. Agar imtihonning bu qismi yaxshi topshirilsa, nomzod haydash mahoratidan imtihon topshirishi mumkin. Kutish zalida buning uchun unga ko‘rsatmalar beriladi, shuningdek, qaysi mashqlarni va qanday ketma-ketlikda bajarish kerakligi to‘liq tushintirilgan videoko‘rsatma ham mavjud.

Amaliy imtihon jarayonida jarima ballari 99 dan oshmasa, imtihon topshirilgan hisoblanadi. Amaliy imtihondan yiqilgan nomzodlarda 2 oy davomida haftasiga bir marta qayta topshirish imkoni bo‘ladi; muddat 2 oydan oshib ketsa, nazariy imtihonni ham qayta topshirish lozim.

Markazda amaliy imtihonni topshirish uchun uchta maydonga ega avtodrom tashkil etilgan. Birinchi maydonda B, C va D kategoriyasi, ya’ni yengil avtomobillar, yuk mashinalari va avtobuslarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasini olmoqchi bo‘lganlar imtihon topshiradi.

Ikkinchi maydonda esa A kategoriyasi – mototransport, uchinchi maydonda BE, CE va DE kategoriyalari – tirkamali transport vositalarini boshqaruvchilar uchun imtihonlar o‘tkaziladi.

Avtodromlardan ekspress-kurslarda ham foydalaniladi. Shuningdek, markazda bir martalik “Test-drayv” xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.

Imtihonlarning ikkala bosqichini muvaffaqiyatli topshirgandan so‘ng, sertifikat beriladi. Nomzodlar bu sertifikat bilan YHXBga murojaat qilishlari lozim: sertifikat boshqarmaning ma’lumotlar bazasida tekshirilganidan so‘ng, ularga haydovchilik guvohnomasi taqdim etiladi.

Mavzuga oid