O‘zbekiston | 10:57 / 07.09.2020
9533
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi o‘z faoliyatini qayta tikladi

Kutubxonadan foydalanish vaqti chegaralangan.

Foto: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi

2020 yil 7 sentabr kunidan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kitobxonlarga an'anaviy tarzda xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Milliy kutubxona xabariga ko‘ra, bu karantin hamda sanitariya va gigiyena qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda amalga oshirilmoqda.
 
Kutubxonaning ish tartibi:
 
dushanba-juma kunlari - soat 10:00dan 17:00gacha;
 
Kutubxonaga kelish istagida bo‘lgan foydalanuvchilar 71 232-83-94 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, ism, familiya, tashrif buyurmoqchi bo‘lgan o‘quv zallarini hamda vaqtini oldindan band qilib qo‘yishlari lozim bo‘ladi.

Kutubxonadan foydalanish vaqti chegaralangan.

Qayd etilishicha, kutubxonaning «Ilm» dissertatsiyalar zali bir vaqtning o‘zida 15 kitobxon uchun, «Nodir» noyob manbalar zali 10 kitobxon uchun, «Jahon» xorijiy adabiyotlar zali 25 kitobxon uchun xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Mavzuga oid