Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kremlda Putin bilan uchrashuv oldidan amaldorlar uchun karantin bekor qilindi – OAV
Rossiya prezidenti bilan uchrashuvlarni tashkil etish osonlashgani ta’kidlanmoqda.
Foto: kremlin.ru
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zi bilan uchrashuvga kelayotgan odamlardan dastlabki karantinga rioya qilishni talab etishni to‘xtatdi. Bu haqda Kreml protokoli bilan tanish bo‘lgan to‘rtta manbaga tayanib, Faridaily nashri xabar berdi.
«Urush davrida Rossiya prezidenti bilan shaxsiy uchrashuvlar juda muhim hisoblanadi va hozir ularni tashkil etish osonlashdi», deb yozdi jurnalistlar Farida Rustamova va Margarita Lyutova Faridaily obunachilari uchun yuborilgan xabarda.
Karantin choralari 2020 yilda Kremlda koronavirus pandemiyasi fonida joriy etilgan bo‘lib, uning ijrosi uchun Federal qo‘riqlash xizmati mas’ul edi. O‘z sog‘lig‘iga o‘ta ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishi bilan tanilgan Putin uzoq vaqt davomida qat’iy karantin rejimini qo‘llab-quvvatlagan yagona davlat rahbariga aylandi. Shu sababli prezident bilan uchrashishni rejalashtirgan amaldorlar, davlat kompaniyalari rahbarlari va milliarderlar maxsus ajratilgan izolyatorlarda bir necha kun va hatto haftalab karantinda qolishga majbur bo‘lgan.
Putin Kremlda jahon yetakchilarini (masalan, Emmanuel Makronni) qabul qilgan va karantinni o‘tkazishning iloji bo‘lmagan hollarda, suhbatdoshlaridan uzoqroqda, uzun stol atrofida muzokaralar olib borgan.
Mavzuga oid
20:23 / 15.04.2026
Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
19:20 / 15.04.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati oqibatlari «hal etilganini» e’lon qildi
19:06 / 15.04.2026
Rossiyadan 6 mingga yaqin migrant chiqarib yuboriladi
09:43 / 15.04.2026