Jamiyat | 22:29 / 26.05.2019
35567
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan Qur'on musobaqasida o‘zbekistonlik talaba 1-o‘rinni oldi

Koreya Respublikasining Busan viloyati Al Fatah masjidida Busan viloyati musulmonlari o‘rtasida Qur'on musobaqasi bo‘lib utdi. Musobaqa Gimhe shahridagi Imom Al Buxoriy jome' masjidi imomi Abdug‘affor Ergashevning tilovati bilan boshlandi. 

Video: Youtube

Musobaqada Koreyada yashab, ishlayotgan Indoneziya, Malayziya, Bangladesh, Pokiston va o‘zbekistonlik yosh qorilar Qur'onning 30 porasidagi suralarni o‘qib berdilar. 

Qur'on musobaqasida Yongsan universiteti 2-bosqich talabasi, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrilik Muhammadmustafo Habibullayev 1-o‘ringa loyiq deb topildi.

Video: Youtube

Qayd etish joiz, janubiy Koreyada Ramazon oyida Qur'on musobaqasi o‘tkazish an'anaga aylangan.

Mavzuga oid