Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentlarga sovg‘a qilingan shokolad – «Qand»ning muvaffaqiyati nimada?
Shokoladga milliylik, did va estetikani integratsiya qilib, dunyoga o‘zbek milliy shirinlik brendini taqdim etmoqchi bo‘layotgan «Qand» asoschisi Kun.uz Biznes bilan suhbatlashib, o‘z muvaffaqiyati haqida gapirib berdi. Saidakmal Vahobovga ko‘ra, uning shokoladlari 2022 yili O‘zbekistonga kelgan 14 prezident va hukumat rahbarlariga ham sovg‘a qilingan. Yaqinda jahon yulduzi Jyennifer Lopezga ham maxsus shokolad taqdim etildi.
«Qand» yaralganiga 8 yildan oshgan, uning rahbari aytishicha, yillik savdo aylanma million dollardan oshgan. Yaqin yillarda Fransiya, AQSh, BAA, Xitoy, Yaponiya va Rossiya, Qozog‘istonda shokolad do‘konlarini ochish rejalangan. Brend asoschisi Saidakmal Vahobovning aytishicha, uning shokoladlarini sotib olishga birinchi sabab – sifat. Kompaniya har qanday sharoitda ham sifatdan voz kechish niyatida emas.
Tadbirkorning shokolad biznesini boshlashiga juda noodatiy bir voqea sabab bo‘lgan, yetkazib berish xizmatini boshqargan paytida unga bir shokolad buyurtmasi tushgan va u mahsulot defitsit bo‘lgani bois topish qiyin bo‘lgan. O‘sha mahsulotning shuncha qidirganga yarasha sifati yuqori emasligi sabab Saidakmalda shokolad fabrikasini ochish g‘oyasi tug‘ilgan.
“Aslida men bu biznesni hech qanday rejasiz boshlaganman. Shokolad bo‘yicha ham hech nimani tushunmadim, nol edim”, deydi brend asoschisi.
Biznesmenga ko‘ra, avvalo o‘ziga bo‘lgan ishonch va maqsad qo‘ya bilish juda muhim. Biznesni boshlashda g‘oya va maqsad puldan ham ko‘ra ko‘proq ahamiyatga ega, chunki “pul topiladi”.
Saidakmalning birinchi ishchilari – uning onasi va xolasi – qarindoshlari bo‘lgan. U qarindoshlari bilan biznes qilish yaxshi emas, degan gapga qo‘shilmaydi.
«Qand» mahsulotlari mijozlari – asosan yuksak didli, go‘zallikni qadrlaydigan odamlar. Chunki shokolad shunchaki emas, falsafa bilan taqdim etilishi kerak. Mahsulot donalab ham sotiladi: 48, 68 va 110 ming so‘mdan. Donasi bunday qimmatligi esa – kompaniya uchun normal, chunki “sifat doim qimmat turadi, mahsulotlar ham qimmat”.
Suhbatda biznesdagi muvaffaqiyat, tadbirkorlikda nimalar muhimligi, qarz oldi-berdisi va pulni to‘g‘ri boshqarish, mahsulot chiqarishda nimalarga e’tibor qilish borasida ham fikrlar bildirilgan.
Suhbatni YouTube’da to‘liq tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:10 / 20.11.2025
O‘zbekistonga Polsha biznes doiralaridan iborat delegatsiya tashrif buyuradi
09:24 / 06.11.2025
Dunyo rekordiga yaqin: 1200 yildan ortiq faoliyatga ega kompaniyalar
15:19 / 13.10.2025
O‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan ayollar uchun qo‘llanma: ilk qadamlar, imkoniyatlar va to‘siqlar
17:54 / 30.09.2025