Bu korxonalar uruşlar, epidemiyalar, iqtisodiy inqirozlar va texnologik inqiloblarni boşdan keçirgan, ammo hanuz dolzarbligini yöqotmagan. World Atlas uzluksiz işlayotgan eng qadimgi beş kompaniya röyxatini tuzdi.

5. The Royal Mint — Buyuk Britaniya (886 yilda asos solingan).

886 yilda Qirol Alfred (Alfred the Great) davrida taşkil etilgan Qirollik Moneta fabrikasi (Royal Mint) 1100 yildan ortiq vaqt mobaynida Buyuk Britaniyaning rasmiy tanga işlab çiqaruvçisi hisoblanadi. Ilk bor London Tauerida joylaşgan bu muassasa hozir Uelsdagi Llantrisant şahrida qöriqlanadigan majmuada faoliyat yuritadi.

Bugun Royal Mint faqat muomalaga çiqarilgan tangalar bilan çeklanmaydi: yubiley va kolleksion tangalar çiqaradi, investitsion oltin işlab çiqaradi, hatto oltin qoplamali jamğarma mahsulotlarini ham taklif qiladi. Naqd puldan foydalaniş bosqiçma-bosqiç qisqarayotgan davrda «işlab çiqarişdan lyuks mahsulotlar»gaça transformatsiya qila oliş qobiliyati kompaniyani saqlab turibdi.

4. Tanaka-Iga — Yaponiya (885 yil).

Tanaka-Iga — 885 yildan beri butsudan (Butsudan) deb ataluvçi buddaviy uy buyumlarini tayyorlaydigan oilaviy kompaniya. Öyma yoğoçdan yasaladigan bu buyumlar köplab yapon xonadonlarida duo va ajdodlarini e’zozlaşda markaziy örin tutadi.

Deyarli 1200 yillik mavjudligi davomida Tanaka-Iga an’anaviy hunarga sodiq qolgan holda, zamonaviy vositalardan ham faol foydalanib, talabni qondirib kelmoqda. Bugun bu oddiy kompaniya emas, balki yapon san’ati va ruhiy an’anasining posboni sifatida qadrlanadi.

3. Staffelter Hof — Germaniya (862 yil).

Mozel vodiysida joylaşgan Staffelter Hof — dunyoning eng qadimgi uzumçilik xöjaliklaridan biri. 862 yilda monastir tokzorlari sifatida asos solingan bu xöjalik hozirgaça yuqori toifali mahsulot işlab çiqarişni davom ettirmoqda.

Xöjalik şuningdek turistik maskanga aylangan: mehmonxona va ekskursiyalar orqali mehmonlarga ming yillik an’anasini namoyiş etadi. Uning barqarorligi tarixiy brendlar öz tarixiga suyanib turib, global auditoriyani qanday jalb eta olişini körsatadi.

2. St. Peter Stifskulinarium — Avstriya (803 yil).

803 yilda asos solingan afsonaviy St. Peter Stifskulinarium restorani Zalsburgdagi Sen-Pyotr abbatligi hududida joylaşgan. U Yevropa qit’asining eng qadimgi restorani sifatida tilga olinadi. 1200 yildan oşiq faoliyati davomida u podşohlar, musiqaçilar va sayyohlarni — afsonalarga köra, hatto Buyuk Karlni ham qabul qilgan.