Toshkent shahrida yangi qurilishlarga vaqtincha moratoriy e’lon qilinadi
Qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani tanqid qilindi.
Toshkent shahrida bosh reja bo‘lmaguncha, yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatchilik vakillari va mutasaddilar ishtirokida yig‘ilishda ma’lum qildi.
Davlat rahbari qurilishga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama bo‘yicha aniq hisob-kitob qilinmayotgani, yashil maydonlar tashkil qilish ishlari qurilishlar bilan hamohang olib borilmayotganini tanqid qildi.
Shu bois, shaharning bosh rejasi tasdiqlanmaguncha yangi qurilishlarga moratoriy e’lon qilinishi ta’kidlandi.
2023 yilda Toshkent shahrining yashillik darajasini 28 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Shu maqsadda 100 gektar maydonda yangi bog‘ tashkil qilinadi. «Toshkent yashil belbog‘i» loyihasi boshlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va butalar, 20 million tup gul ko‘chatlari ekiladi.
Shuningdek, yig‘ilishda poytaxtda chiqindi bilan ishlash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Toshkent shahrida yiliga 700 ming tonna chiqindi hosil bo‘lishi bilan, bugungi kunda bor-yo‘g‘i 18 foizi qayta ishlanmoqda.
Bundan tashqari, chiqindilarni saralab yig‘ish bo‘yicha qilinayotgan ishlar ham mutlaqo qoniqarsizligi ta’kidlandi.
«Maxsustrans» faoliyatini isloh qilish, uning moliyaviy ahvolini yaxshilash zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Mutasaddilarga shahar chiqindisini qayta ishlashni kamida 50 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Mavzuga oid
18:38 / 13.11.2024
“Sharoitidan ham, o‘qituvchilaridan ham qo‘rqib ketdim” - Toshkentdagi o‘quv markazidan odamlar norozi
15:05 / 12.11.2024
Toshkent havosini ifloslantirishi mumkin bo‘lgan barcha obektlar nazoratga olindi - hokimlik
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
17:26 / 08.11.2024