Toşkent şahrida boş reja bölmagunça, yangi qurilişlarga moratoriy e’lon qilinadi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev poytaxt jamoatçilik vakillari va mutasaddilar iştirokida yiğilişda ma’lum qildi.

Davlat rahbari qurilişga ruxsat berilganda, mavjud infratuzilmaga yuklama böyiça aniq hisob-kitob qilinmayotgani, yaşil maydonlar taşkil qiliş işlari qurilişlar bilan hamohang olib borilmayotganini tanqid qildi.

Şu bois, şaharning boş rejasi tasdiqlanmagunça yangi qurilişlarga moratoriy e’lon qilinişi ta’kidlandi. 

2023 yilda Toşkent şahrining yaşillik darajasini 28 foizga yetkaziş vazifasi qöyildi. 

Şu maqsadda 100 gektar maydonda yangi boğ taşkil qilinadi. «Toşkent yaşil belboği» loyihasi boşlanib, bahor mavsumida 525 ming tup daraxt va butalar, 20 million tup gul köçatlari ekiladi.

Şuningdek, yiğilişda poytaxtda çiqindi bilan işlaş masalalariga ham töxtalib ötildi.

Toşkent şahrida yiliga 700 ming tonna çiqindi hosil bölişi bilan, bugungi kunda bor-yöği 18 foizi qayta işlanmoqda.

Bundan taşqari, çiqindilarni saralab yiğiş böyiça qilinayotgan işlar ham mutlaqo qoniqarsizligi ta’kidlandi.

«Maxsustrans» faoliyatini isloh qiliş, uning moliyaviy ahvolini yaxşilaş zarurligi körsatib ötildi.

Mutasaddilarga şahar çiqindisini qayta işlaşni kamida 50 foizga yetkaziş vazifasi qöyildi.