O‘zbekiston | 15:38 / 24.03.2022
24476
2 daqiqa o‘qiladi
1 iyundan sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari oylik maoshi oshiriladi
Prezident farmoyishi bilan davlat rahbarining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
2022 yil 1 iyundan quyidagilar amalga oshiriladi:
- sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining oylik maoshini malaka toifasiga qarab qo‘shimcha 15 foizgacha oshirish;
- yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga qo‘shimcha 25 foiz miqdorida ustama to‘lashni joriy etish.
2022 yil 1 maydan:
- barcha tibbiyot xodimlari uchun dastlabki va davriy kasbiy tibbiy ko‘rikni bepul o‘tkazish;
- qon bilan bevosita ishlayotgan tibbiyot xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlash ko‘zda tutilmoqda.
2022/2023 o‘quv yilidan:
- hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyot OTMda davlat grantlari asosida qabul kvotalari maqsadli oshirib borish;
- ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya ishi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor sohadagi mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga davlat grantlarini 4 baravarga oshirish mo‘ljallangan.
Bundan tashqari:
- olis va chekka hududlar oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarining shifokorlari oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 mln so‘m har oylik ustama belgilash;
- “Qishloq shifokori” dasturi doirasida jalb qilingan shifokorlarga ipoteka asosida uy-joy sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha qismini mahalliy budjetlar mablag‘lari hisobidan qoplab berish;
- olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlarni klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilish;
- o‘z mahallasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, shaxsiy namuna ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishonini ta’sis etish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022
Buloqboshi tumanida tug‘ruq jarayonidagi chaqaloq o‘limi bo‘yicha mas’ullar lavozimidan ozod etildi
19:30 / 05.05.2022
O‘zbekistonda tez yordam chaqiruvlari rivojlangan davlatlardagidan 6-7 baravar ko‘pligi aytildi
19:22 / 05.05.2022