Prezident farmoyişi bilan davlat rahbarining soğliqni saqlaş sohasi vakillari bilan “oçiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oşirişga doir “yöl xaritasi” tasdiqlandi.

2022 yil 1 iyundan quyidagilar amalga oşiriladi:

  • soğliqni saqlaş tizimi xodimlarining oylik maoşini malaka toifasiga qarab qöşimça 15 foizgaça oşiriş;
  • yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan şifokorlarga qöşimça 25 foiz miqdorida ustama tölaşni joriy etiş.

2022 yil 1 maydan:

  • barça tibbiyot xodimlari uçun dastlabki va davriy kasbiy tibbiy körikni bepul ötkaziş;
  • qon bilan bevosita işlayotgan tibbiyot xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarşi bepul emlaş közda tutilmoqda.

2022/2023 öquv yilidan:

  • hududlarda şifokorlarga bölgan haqiqiy ehtiyojdan kelib çiqib, tibbiyot OTMda davlat grantlari asosida qabul kvotalari maqsadli oşirib boriş;
  • ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, şoşilinç tibbiy yordam, laboratoriya işi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor sohadagi mutaxassislik böyiça magistraturaga davlat grantlarini 4 baravarga oşiriş möljallangan.

Bundan taşqari:

  • olis va çekka hududlar oilaviy şifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarining şifokorlari oylik iş haqiga qöşimça 2 mln söm har oylik ustama belgilaş;
  • “Qişloq şifokori” dasturi doirasida jalb qilingan şifokorlarga ipoteka asosida uy-joy sotib oliş xarajatlarining 50 foizigaça qismini mahalliy budjetlar mablağlari hisobidan qoplab beriş;
  • olis va çekka hududlarda uzluksiz 3 yil işlagan şifokorlarni klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qiliş;
  • öz mahallasida soğlom turmuş tarzini tarğib qilgan, şaxsiy namuna körsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatçilik vakillari uçun “Xalq salomatligi posboni” kökrak nişonini ta’sis etiş rejalaştirilgan.