O‘zbekiston | 13:37 / 09.12.2020
22897
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi o‘zgartirildi

Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Pinterest

Norma’ning yozishicha, tasdiqlangan nizomda quyidagilar belgilangan:

avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirish bilan bog‘liq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish tartibi;

avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi;

avtomototransport vositasini qayta jihozlashga va (yoki) avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini o‘zgartirishga ruxsat etuvchi talablar va shartlar.
 
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining «Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilg‘i aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy texnik reglamentni tasdiqlash haqida»gi qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
 
Mazkur qaror kuchga kirgach, Vazirlar Mahkamasining «Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
 
Hujjat 1.01.2021 yildan kuchga kiradi.

Mavzuga oid