Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qarori bilan Avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Norma’ning yozişiça, nizom talablari avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş sohasida faoliyat yurituvçi barça yuridik şaxslar (bundan keyin – öquv taşkilotlari) uçun yagona va rioya etilişi majburiy hisoblanadi.
 
Şuningdek Avtomototransport vositalari va şahar elektr transporti vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşirişga qöyiladigan davlat talablari tasdiqlandi.  
 
Moddiy baza
 
Davlat ta'lim muassasalari, şuningdek Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan berilgan litsenziyaga ega bölgan uşbu sohada nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş bilan şuğullanuvçi yuridik şaxslar hududiy Yöl harakati xavfsizligi boşqarmalari (YHXB) röyxatlaş va imtihon oliş bölinmalarida (RvaIOB) hisobga olingan bölişlari şart.
 
Avtomototransport vositalari haydovçilarini tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş bilan şuğullanuvçi öquv taşkilotlarining moddiy-texnika va öquv-metodik bazasi davlat talablariga mos bölişi kerak.
 
Öquv taşkilotining unga mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida tegişli bölgan öquv xonalari, ulardagi jihozlar va öquv avtomobillaridan foydalanişga yöl qöyiladi. 
 
Öquv taşkilotining hamda ijara şartnomasi asosida foydalanilayotgan avtomototransport vositalari yonilği-moylaş materiallari, ehtiyot qismlar va boşqa asbob-uskunalar bilan öquv taşkiloti tomonidan ta'minlanişi şart.
 
Öquv taşkilotiga qaraşli va ijara şartnomasi asosida foydalanilayotgan barça öquv avtomototransport vositalari YHXBning RvaIOBda röyxatdan ötkaziladi.
 
Ta'lim jarayoni