Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligidan ma'lum qilişlariça, ta'lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş maqsadida 2016 yilda 371 maktabda quriliş-ta'mirlaş işlari amalga oşirildi. Şundan 29ta umumta'lim maskani yangidan qurib foydalanişga topşirilgan bölsa, 239ta maktab qaytadan rekonstruksiya qilindi, 103ta bilim maskani kapital ta'mirlandi. 

2016 yil Bolalar sportini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan 28ta bolalar va ösmirlar sport maktabida quriş, rekonstruksiya qiliş va mukammal ta'mirlaş hamda zamonaviy sport anjomlari bilan jihozlaşga e'tibor qaratildi. 200dan ortiq umumta'lim maktablarida sport zallari qurilib, zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan ta'minlandi.

Şuningdek 1 220 umumta'lim maktabini kompyuter sinfi, interaktiv elektron doskalar va konditsionerlar bilan jihozlaşga e'tibor qaratilmoqda. Joriy yilda 286ta maktabgaça ta'lim muassasalarini kapital rekonstruksiya qiliş belgilangan bölib, ularni mebel, asbob-uskunalar, öyinçoqlar va texnik vositalar bilan jihozlaş böyiça ham işlar olib borilmoqda.