Adliya vazirligi tomonidan avtomototransport vositalarini qayta röyxatdan ötkaziş tartibiga kiritilgan özgartirişlar davlat röyxatidan ötkazildi. Bu haqda vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilgan.

Hujjatga köra, davlat raqami belgilarini qisqa muddatlarda qayta tiklaş zarurati paydo bölganda jismoniy va yuridik şaxslar Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasiga ariza bilan murojaat etişlari mumkin.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

avtomototransport vositasi egasi yoki uning vakilining şaxsini tasdiqlovçi hujjat;
tegişli tölovni tasdiqlovçi hujjat;
transport vositasining röyxatga olinganligi töğrisidagi qayd etiş guvohnomasining nusxasi.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar uç iş kuni içida örganiladi, transport vositasi körikdan ötkaziladi. Hujjatlarda kamçiliklar aniqlanmagan taqdirda şu kunning özida Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi yaroqsiz yoki şikastlangan davlat raqami belgilarini qabul qiladi. 

Bunda ilgari foydalanişda bölgan davlat raqami belgilari vaqtinça foydalanişga beriladi. 

Qayta tiklangan davlat raqami belgilari beş iş kuni içida Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan topşiriladi.

Hujjatning töliq matni bilan www.lex.uz saytida tanişiş mumkin.