Jahon | 21:27 / 06.08.2018
5038
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada kuchli zilziladan so‘ng 160dan ortiq aftershok qayd etildi

Foto: AFP

Yakshanba kuni Indoneziyada sodir bo‘lgan kuchli zilziladan so‘ng kamida 163ta aftershok qayd etildi, deb xabar berdi Antara agentligi mahalliy seysmologlarga tayanib.

Yakshanba kuni Indoneziyaning Lombok orolida 7 balli zilzila hamda uning 5,4 va 4,3 ballga teng aftershoklari yuz berdi. Zilzila oqibatida Lombok orolida 91 va Bali orolida ikki kishi halok bo‘lgani xabar qilindi.

"Odamlar 163ta aftershokdan 13tasini seza olgan bo‘lishlari mumkin. Biz yana bir necha kun va hatto bir necha hafta davom etadigan aftershoklarni kuzatishda davom etamiz", — dedi Indoneziya meteorologiya, iqlimshunoslik va geologiya agentligi rahbari Rahmat Triyono.

Mavzuga oid