Özbekiston milliy jamoasining sobiq boş murabbiyi Temur Kapadze Indoneziya milliy jamoasining yangi boş murabbiyiga aylanişi mumkin. U indoneziyalik sport tahlilçisi Effendi Gazali bilan suhbatda Indoneziya milliy jamoasini boşqarişga tayyorligini ma’lum qilgan.

Kapadze Indoneziya futbol federatsiyasidan rasmiy taklif kelsa, uni qabul qilişga tayyorligini aytgan.

«Indoneziya milliy jamoasiga murabbiylik qilişga tayyorman, inşaalloh. Hozirda böşman, şuning uçun taklif kutyapman. Indoneziyani yaxşi köraman, muxlislarni ham. Qöllab-quvvatlaganingiz uçun taşakkur», – degan u.

U ÖzA agentligi uçun bergan intervyusida ham xorijdan takliflar haqidagi savolga javob qaytargan. U Qozoğiston bilan aloqalar haqida tarqalgan miş-mişlarni rad etgan, şu bilan birga, uning nomzodiga boşqa mamlakatlardan qiziqiş bölayotganini tasdiqlagan:

«Albatta, yangi çaqiruvlar kutyapman. Albatta, köproq çetdan. Hozir iş olib borilyapti. Variantlar yetarliça. Töğri qaror qabul qiliş oson emas.

Hozirda Qozoğistondan heç qanday taklif yöq. Bu ma’lumot qayerdan paydo bölganini bilmayman. Balki qandaydir muhokamalar bölgandir. Indoneziyaga kelsak – bu jarayon körib çiqilmoqda. Turkiya va Xitoy variantlari ham bor... iş olib borilmoqda. Bularning barçasi qançalik amalga oşadi yoki yöq – buni vaqt körsatadi. Hozir aniq bir narsa deyiş qiyin. Qaraymiz, nasiba qayerda bölsa, borib işlaymiz. Buni vaqt körsatadi. Yoki özimizda qolib, işlaşim ham mumkin. Şuning uçun hozirça biror narsani oldindan aytiş qiyin, çunki jarayon davom etmoqda».

2025 yil yanvarida Özbekiston milliy jamoasida Sreçko Katanets örniga vaqtinça boş murabbiy sifatida iş boşlagan Temur Kapadze jamoani ilk mundialga olib çiqqandi.

Ammo 2025 oktyabrida ÖFA italiyalik Fabio Kannavaroni milliy jamoaning yangi boş murabbiyi sifatida e’lon qildi. Bu qaror «turnirda munosib iştirok etiş va mundial havosini olib kiriş uçun aynan futbolçi sifatida iştirok etgan mutaxassisni jalb qiliş közda tutilgani» bilan izohlandi. ÖFA vitse-prezidenti Ravşan Ermatov yangi boş murabbiy taqdimot marosimida Kapadze Kannavaroning murabbiylar ştabida işlaşda davom etişini ma’lum qilgandi, ammo öşa tadbirning özida uşbu mutaxassis ştabda uzoq qolmoqçi emasligini bildirgandi. 9 noyabr kuni esa u murabbiylar ştabini tark etgani e’lon qilindi.

Eslatib ötamiz, Patrik Klyuyvert iste’foga çiqarilganidan keyin Kapadze Indoneziya milliy jamoasi boş murabbiyligiga nomzodlardan biri ekani xabar qilingandi.