Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning yangi bosh kotibi O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash tarafdori
Foto: TASS
BMTning saylangan bosh kotibi Antoniu Guterrish Shavkat Mirziyoyevga maktub yuborib, unda O‘zbekiston xalqi va umuman Markaziy Osiyo mintaqasining farovonligi yo‘lidagi yaqin hamkorlikni yanada kengaytirishdan umidvorligini bildirdi. Maktub matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi.
«Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Men bu hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, BMTning mamlakatingizdagi vakolatxonasi, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi orqali yanada mustahkamlashga harakat qilaman», — deyiladi maktubda.
«Orol dengizining qurishi oqibatlarini yumshatish bizning umumiy va ustuvor maqsadimiz ekanini yaxshi anglayman. BMT ushbu fojia bilan bog‘liq muammolarni hal qilish borasidagi sa'y-harakatlaringizni bundan keyin ham qo‘llab-quvvatlayveradi», — qayd etiladi maktubda.
Antoniu Guterresh Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonga tashrif buyurish haqidagi taklifi uchun minnatdorchilik bildirgan.
«Buning uchun qulay imkoniyat bo‘lishi bilan mamlakatingizga borish niyatidaman», — degan u.
Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka saylangani bilan qutlar ekan, BMT yangi bosh kotibi yaqin vaqtlarda u bilan uchrashish hamda global va mintaqaviy dolzarb tahdidlarni bartaraf etish yo‘lida hamkorlikda ishlash imkoniyatini sabrsizlik bilan kutishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
17:36 / 08.11.2025
BMT: Dunyoda jurnalistlar o‘ldirilishining 85 foizi ochilmay qolmoqda
13:22 / 23.10.2025
BMT bosh kotibi: 1,5°S bo‘yicha iqlim maqsadini amalga oshirib bo‘lmaydi
18:52 / 16.10.2025
Har yili dunyo yo‘llarida 1,2 million kishi halok bo‘lyapti – BMT
07:50 / 24.09.2025