BMTning saylangan boş kotibi Antoniu Guterriş Şavkat Mirziyoyevga maktub yuborib, unda Özbekiston xalqi va umuman Markaziy Osiyo mintaqasining farovonligi yölidagi yaqin hamkorlikni yanada kengaytirişdan umidvorligini bildirdi. Maktub matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.

«Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va Özbekiston Respublikasi örtasida samarali hamkorlik yölga qöyilgan. Men bu hamkorlikni rivojlantiriş, şu jumladan, BMTning mamlakatingizdagi vakolatxonasi, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi orqali yanada mustahkamlaşga harakat qilaman», — deyiladi maktubda.

«Orol dengizining qurişi oqibatlarini yumşatiş bizning umumiy va ustuvor maqsadimiz ekanini yaxşi anglayman. BMT uşbu fojia bilan boğliq muammolarni hal qiliş borasidagi sa'y-harakatlaringizni bundan keyin ham qöllab-quvvatlayveradi», — qayd etiladi maktubda.

Antoniu Guterreş Şavkat Mirziyoyevga Özbekistonga taşrif buyuriş haqidagi taklifi uçun minnatdorçilik bildirgan.

«Buning uçun qulay imkoniyat bölişi bilan mamlakatingizga boriş niyatidaman», — degan u.

Şavkat Mirziyoyevni prezidentlikka saylangani bilan qutlar ekan, BMT yangi boş kotibi yaqin vaqtlarda u bilan uçraşiş hamda global va mintaqaviy dolzarb tahdidlarni bartaraf etiş yölida hamkorlikda işlaş imkoniyatini sabrsizlik bilan kutişini ma'lum qildi.