Jamiyat | 22:03 / 16.08.2021
2551
1 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyat YHXB yangi radarni qabul qilib oldi

Andijon viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga viloyat hokimligi yordami bilan AutoSon tezlikni o‘lchovchi moslamasi keltirildi. Boshqarma ixtiyorida bunday rusumdagi moslamalar soni 5 taga yetdi.

“O‘tgan iyul oyi davomida viloyat hududidagi avtomobil yo‘llarida haydovchilarning tezlikni belgilangan me'yordan oshirishi oqibatida 12ta yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Zamonaviy tezlikni o‘lchash uskunalari mana shunday noxush holatlarni oldini olishga xizmat qiladi”, – deydi YHXB matbuot guruhi katta inspektori Diyorbek Abdurazzoqov.

Boshqarma tasarrufida ayni kunda tezlik o‘lchash moslamalari soni 15 tani tashkil etmoqda. Bular 10 ta multiradar va 5 ta Avto Son qurilmalaridir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid