Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Arsenal» ta’qibchisiga 4 ta gol urdi, «MYu» autsayderni yengolmadi
Yevropaning aksar chempionatlari tanaffusga chiqqan mahalda, APLda navbatdagi tur o‘yinlari o‘tkazilmoqda.
«Arsenal» – «Aston Villa» 4:1
Gollar: Gabriel 48, Subimendi 52, Trossar 69, Jyezus 78 – Uotkins 90+4
«Arsenal»: Rayya, Timber (Uayt, 83), Saliba, Inkapiye, Gabriel Magalyayns (Lyuis-Skelli, 77), Subimendi, Merino (Norgar, 73), Edegor, Saka (Madueke, 83), Trossar, Gokeresh (Jyezus, 77)
«Aston Villa»: Martines, Bogar, Konsa, Lindelyof, Din, Onana (Makginn, 46), Tilemans (Hemmings, 82), Sancho (Malen, 61), Rojyers, Buendiya (Garsiya, 61), Uotkins
Ogohlantirishlar: Merino 45+1, Jyezus 80 – Rojyers 45+2
«Aston Villa» barcha turnirlar doirasida 11 g‘alabaga erishgan va rekord arafasida turgandi. Klubning 151 yillik tarixida 12 g‘alabadan iborat seriya hech qachon bo‘lmagandi. Lekin Unai shogirdlari bu natijaga erisha olmadi.
O‘yin starti «Arsenal» uchun u qadar yaxshi boshlanmadi. O‘yindan oldin mehmonlar Kesh va Kamara diskvalifikatsiyaga uchragani tufayli qiynalishi taxmin qilingandi. Ammo o‘yindan oldin mezbonlar safida ham Rays jarohat tufayli safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. O‘tgan turda ham londonliklar markazdagi asosiy futbolchisisiz harakat qilishgandi (o‘shanda «Brayton»ga qarshi o‘yinda u o‘ng qanot himoyachisi pozitsiyasiga o‘tkazilgandi), ammo «Villa» bilan o‘yinda uning markazdagi o‘rni yaqqol bilindi.
To‘pni darvozadan yerlatib markaz orqali o‘ynash Yokeresh osonlik bilan to‘p yo‘qotishi va raqibning xavfli qarshi hujumiga olib keldi. Ko‘p o‘tmay Uotkins navbatdagi qarshi hujumda juda yaxshi pozitsiyada turib yaqin burchakni aniq nishonga ololmadi. Bu birinchi bo‘limdagi asosiy haylayt bo‘lib qoldi.

O‘yindagi eng muhim voqealar esa ikkinchi bo‘limda ro‘y berdi. «Arsenal» futbolchilari tanaffusdan boshqacha kayfiyatda qaytishdi va o‘z so‘zlarini aytishdi. Barchasi yana burchak zarbasidan boshlandi. Bu allaqachon an’anaga aylanib qoldi, jarohatdan keyin ilk bor startda tushgan Gabriel burchak zarbasidan keyin to‘p uchun kurashda Emiliano Martinesdan ustun kelib, hisobni ochdi.
Shundan keyin «Arsenal» o‘zini juda erkin his qila boshladi. Bir necha daqiqa o‘tib Edegor Subimendini yakkama-yakka vaziyatga chiqardi va hisobdagi farq ikkitaga oshdi. Keyin esa Trossar uchinchi golni urib, o‘yin masalasini amalda hal qildi. Belgiyalik futbolchi so‘nggi vaqtlarda ajoyib sport formasini namoyish etmoqda va Yokeresh bilan birgalikda jamoasining eng yaxshi to‘purari (5 tadan) bo‘lib turibdi.
O‘yin taqdiri hal bo‘lganidan keyin maydonga tushgan Jyezus esa amalda to‘pga ilk teginishidayoq darvozani ishg‘ol etdi – qariyb bir yil safda bo‘lmagan futbolchi uchun bu muhim gol bo‘ldi.
Bosh hakam nima uchundir sakkiz daqiqa vaqt qo‘shib berdi. Bu oraliqda londonliklar himoyachilari diqqatni yo‘qotishdi va «Villa» bitta javob golini urishga ulgurdi. Uotkins bir metr masofada turib darvoza to‘rini ishg‘ol etdi.
4:1. «Arsenal» birinchi davra yakunlariga ko‘ra birinchi o‘rinda qoldi.
«MYu» – «Vulverhempton» 1:1
Gollar: Zirkzeye 27 – Kreychi 45
«MYu»: Lammens, Dalot, Heven (Yoro, 75), Martines, Shou, Kazemiro, Ugarde (Mantato, 75), Kunya, Zirkzeye (Fletcher, 46), Dorgu, Sheshko
«Vulverhempton» Sa, Doerti, Moskera, Kreypchi, Chatchua, Arias, Gomes, Bueno, Mane, Hvan (Lopes, 88), Arokodare (Larsen, 65)
APLning 18-turi yakunlariga ko‘ra «Vulverhempton» bu oraliqda atigi ikki ochko jamg‘argan ilk klubga aylangandi. Opta baholariga ko‘ra, ushbu klubning chempionshipga tushib ketish ehtimoli 99,83 foizga teng. Lekin «Manchester Yunayted» bungacha qatorasiga 11 mag‘lubiyatga uchragan jamoani mag‘lub etolmadi.
«MYu» o‘yinning ko‘proq vaqtida (57 foiz) to‘pga egalik qildi va raqib darvozasiga ko‘proq zarba berdi (15:11), burchak zarbalarida ham ustunlik qildi (8:4). Va 26-daqiqada haqli ravishda hisobni ochdi. Bu hujumda Heven markazda to‘pni raqibdan olib qo‘ydi va oldinga borib, Zirkzeyeni to‘p bilan ta’minladi. Joshua to‘pni unga qaytarishga urindi – o‘xshamadi. Ammo to‘p hujumchining o‘zida qoldi va u jarima maydoni chizig‘ida turib zarba yo‘lladi, zarba u qadar xavfli emasdi, ammo to‘p rikoshet orqali to‘rga borib tushdi.
Agar Saning reaksiyasi bo‘lmaganida, Sheshko 38-daqiqada «Yunayted»ning hisobdagi ustunligini oshirgan bo‘lardi. Shundan keyin birinchi davradagi o‘yin ssenariysi takrorlandi, «Manchester» o‘shanda himoyaga yotgandi va buning uchun to‘lov qilgandi. O‘shanda birinchi bo‘lim oxirida Bellegard hisobni tenglashtirgandi, endi esa – Kreychi. Zirkzeye «Vulvz» ijrosidagi burchak zarbasidan keyin to‘p uchun kurashda yutib chiqdi, ammo to‘p uning boshidan olis ustun oldida turgan raqib futbolchisiga borib tushdi – 1:1.
Faqat 8 dekabr kuni «MYu» ikkinchi bo‘limda raqibni tor-mor keltirgandi (4:1), bu safar esa tarkibdagi muammolar bunga imkon bermadi. Ikkinchi bo‘lim teng kechi. Autsayder kutilgan gollar bo‘yicha biroz ustunlikka ham erishdi – 0,81 xG ga qarshi 1,02 xG.
Dorgu o‘yin oxirida Sheshkoning zarbasidan keyin qaytgan to‘pni darvozaga yo‘naltirib, «Old Trafford»da yig‘ilganlarga qisqa muddatlik xursandchilik taqdim etdi. Lekin bu hujum davomida ofsayd holati bo‘lgani qayd etildi.
Natijada hisob o‘zgarmay qoldi, «Vulverhempton» esa 19 turdan keyingi ochkolari sonini uchtaga yetkazib oldi. Jamoa hamon ilojsiz ahvolda, ammo «Manchester Yunayted»dan ochko tortib olishni uddaladi. So‘nggi 10 o‘yinda faqat uch g‘alabaga erishgan mankunianliklar hamon kuchli to‘rtlikka yaqin joylashgan – to‘rtinchi o‘rindagi «Liverpul» bilan oradagi farq ikki ochkoni tashkil etmoqda.

Mavzuga oid
12:13 / 27.03.2026
Italiya va Turkiya JChga yaqinlashdi. Kun o‘yinlari
10:19 / 19.03.2026
YeChLda chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi
07:22 / 19.03.2026
«Barsa»da 7 gol, «Liverpul»da kambek. YeChLda kun o‘yinlari
05:35 / 18.03.2026