«Sporting» 0:3 dan çiqib ketdi

«Sporting» – «Budyo-Glimt» 5:0
Gollar: Gonsalu Inasiu, 34 (1:0). Gonsalveş, 61 (2:0). Suares, 78 – penalti (3:0). Arauxo, 92 (4:0). Nel, 120+1 (5:0)
«Sporting»: Ruy Silva, Gonsalu Inasiu, Kuarejma (Debast, 64), Arauxo (Diomande, 110), Fresneda, Morita (Bragansa, 68), Yulmann, Trinkau (Fayye, 110), Gonsalveş (Santuş, 68), Katamu, Suares (Nel, 116)
«Budyo-Glimt»: Xaykin, Bertuft, Gundersen (Aleyesami, 106), Berkan, Sevold, Berg, Fet (Euklenn, 90+1), Even (Bassi, 85), Hauge (Saltnes, 79), Blomberg (Myayattya, 85), Heg (Helmersen, 79)
Ogohlantirişlar: Yulmann, 47. Fresneda, 74. Santuş, 104 – Blomberg, 6. Heg, 68. Bassi, 105. Saltnes, 118
Birinçi öyin: 0:3
Bir hafta oldin safardan yirik hisobdagi mağlubiyat bilan qaytgan portugallar Lissabondagi javob öyinida kambek amalga oşirdi. Mezbonlar ilk daqiqalardan hujumga otlandi, Pedru Gonsalveş, Fransişku Trinkau, Maksimiliano Arauxo va Luis Suaresda yaxşi vaziyatlar böldi, ammo hisobni himoyaçi Gonsalu Inasiu oçdi – u Trinkau tomonidan ijro etilgan burçak zarbasidan söng boşda aniq zarba yölladi.
«Sporting» şundan keyin ham bosim ötkazişda davom etdi, ammo zarbalar böyiça yaqqol ustunlikka qaramay (15:4), tanaffusga minimal hisobdagi ustunlik bilan yöl oldi.
Ikkinçi bölimning dastlabki qismida norvegiyaliklar öyinga qaytişga harakat qilişdi va bir neça hujumlar uyuştirişdi, ammo 61-daqiqada mezbonlar ikkinçi golni ham urişdi: Suares qanotdan oşirgan töpni Gonsalveş darvozaga töğrilab yubordi.
Mehmonlar öyinni öz darvozasidan uzoqlaştira olmadi va köp ötmay Berkan jarima maydoni içida töpni qöl bilan öynadi, belgilangan penaltini Suares aniq ijro etib, ikki öyindagi umumiy hisobni tenglaştirdi – 3:3.
Bir neça daqiqa ötib Nunu Santuş öyin taqdirini hal qilişi mumkin edi, ammo uning jarima zarbasidan keyin töp ustunga bordi. Mezbonlar 90 daqiqa davomida jami zarbalar böyiça 34:6 hisobida katta ustunlikka erişişdi, lekin uç gol bilan çeklanişdi.
Natijada öyin taqdiri qöşimça bölimlarda hal etiladigan böldi. Bölimlarning birinçisi boşlanişi bilanoq baribir öyin taqdiri hal böldi: Trinkauning navbatdagi uzatmasini Arauxo golga aylantirdi. Qöşimça ikkinçi bölimga qöşib berilgan daqiqalarda esa Rafael Nel yakuniy hisobni örnatdi – 5:0, umumiy hisob esa – 5:3.
Bu YeÇL pley-offlari tarixida birinçi öyindagi yirik farq javob öyinida yöqqa çiqarilişi bilan boğliq beşinçi holat böldi. Bungaça bu işni «Deportivo» («Milan» bilan 1:4, 4:0), «Roma» («Barselona» bilan 1:4, 3:0), «Liverpul» («Barselona» bilan 0:3, 4:0) hamda «Barselona» («PSJ» bilan 0:4, 6:1) uddalagan.
Şu tariqa, turnir kaşfiyoti bölgan norveglar birinçi öyinda yirik hisobda ğalaba qozonganiga qaramay, öz iştirokini yakunladi. «Sporting» esa öz tarixida ilk bor YeÇL çorakfinalida öynaydi.
Qizil hal qildi

«Mançester Siti» – «Real» 1:2
Gollar: Vinisius Junior, 22 – penalti (0:1). Holand, 41 (1:1). Vinisius Junior, 90+3 (1:2)
«Mançester Siti»: Donnarumma, Ruben Diaş (Ake, 46), Husanov, Ayt Nuri, Mateus Nunes (Marmuş, 57), Rodri (Gonsales, 74), Bernardu Silva, Reynders (Geyi, 46), Doku, Şerki, Xoland (Semenyo, 57)
«Real»: Kurtua (Lunin, 46), Ryudiger, Hausen, Garsiya, Aleksandr-Arnold (Karvahal, 83), Tşuameni, Pitarç (Kamavinga, 74), Arda Guler (Manuel Anhel, 74), Valverde, Vinisius Junior, Dias (Mbappe, 69)
Ogohlantirişlar: Husanov, 45 – Mbappe, 76. Aleksandr-Arnold, 80
Çetlatiş: Bernardu Silva, 20
Birinçi öyin: 0:3
«Mançester Siti»da Madridda keçgan birinçi öyindan keyin (0:3) çorakfinalga yöl oliş uçun minimal imkoniyat saqlanib qolgandi. Buning uçun Gvardiola şogirdlaridan kamida öz uyida uçta töp farqi bilan ğalaba qozoniş va öyinni overtaymlarga olib ötiş talab etilardi.
Madridliklar tarkibidagi muammolardan kelib çiqilsa, bu uddalab bölmas topşiriq emasdi. Arbeloa hamon Bellinghemning xizmatlaridan foydalana olmaydi, hali töliq tiklanib ulgurmagan Mbappe esa zaxira örindiğida qoldirildi, natijada hujum çiziğida Vinisiusuga bu safar ham Braim Dias şerik böldi. Yarimhimoya çiziğida ham jarohatlar tufayli yoş Pitarç öynamoqda. Himoya çiziğida esa Karreras hali safga qaytmadi – çap qanotda uning örniga saviya borasida undan ança ortda qoluvçi Fran Garsiya öynaşiga töğri kelmoqda. «Siti»da esa asosiy tarkibda jarohatlar yöq – Gvardiola Geyi, Semenyo va Foden kabi futbolçilarni zaxirada qoldirişni öziga ep köra olardi. U bu safar ham «Real»ning qarşi hujumlariga qarşi tezkor Husanovni startga qöydi.
Kambek uçun «Etihad»da tezkor gol urib oliş talab etilardi. Ammo öyinning ilk daqiqalarida golga madridliklar yaqin kelişdi: birinçi öyin qahramoni, Donnarumma darvozasiga het-trik qayd etgan Valverde yakkama-yakka vaziyatga çiqib ketdi, ammo bu safar unga aniqlik yetişmadi.
«Siti» bunga javoban kuçli bosim bilan javob qaytardi: beş daqiqa içida uçta xavfli vaziyat yaratildi. Tibo Kurtua Şerki va Rodrining xavfli zarbalarini qaytardi, Reyndersning zarbasini esa Hausen tösib qoldi.
Şundan keyin uşbu qarama-qarşilik taqdirini hal qilgan epizod röy berdi.
17-daqiqada «Real» qarşi hujum uyuştirdi, Vinisiusning dastlabki zarbasi ustunga tegdi, qaytgan töpni egallab olgan hujumçi yaqin burçakka zarba yölladi, ammo töpni Bernardu Silva tösib qoldi. Hakam esa «öyindan taşqari holat» qayd etdi va şu bilan tahdid arigandek edi. Ammo vaziyatga VAR aralaşdi – avvaliga Vinisius ofsaydda emasligi ma’lum böldi. Keyin esa Bernarduning holati körib çiqildi, yakunda u töpni qöli bilan qaytargan deb topildi va boş hakam Kleman Tyurpen unga qizil kartoçka körsatib, «Siti» darvozasiga penalti belgiladi.

Madriddagi öyinda penaltini ura olmagan Vinisius bu safar zarbani aniq ijro etdi va ikki öyindagi umumiy hisob 4:0 körinişiga keldi – uşbu qarama-qarşilik taqdiri amalda hal böldi.
Lekin «Siti» taslim bölmadi va ozçilik bölib qolganiga qaramay töliq kuç bilan oldinga taşlandi. Kurtua qahramonlik körsatişda davom etdi, ammo bölim oxirida Erling Holand raqib jarima maydoni içida yuzaga kelgan palapartişlikdan foydalanib, öz golini urişga erişdi.
Ammo ikkinçi bölim quruq rasmiyatçilikka aylanib bölgandi. Pepning öyinçi almaştirişlari ham, futbolçilarning oxirgi kuçini maydonga taşlaşi ham foyda bermadi.
Gvardiola 57-daqiqadayoq Holandni maydondan olib, Semenyoni taşladi. Bölim davomida «Siti» ikki bor darvozani işğol etdi, ammo ikki holatda ham ofsayd qayd etildi. Vinisius esa dublni rasmiylaştirdi.

«Real» kuçli raqibga qarşi ikki öyinda ham ğalaba qozondi va çorakfinalga çiqdi. Navbatdagi bosqiçda madridliklarga 99 foizlik ehtimol bilan «Bavariya» raqib böladi.
Gvardiolaning esa Çempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizligi davom etadi – uning jamoasi sönggi beş yil içida törtinçi marta «Real»ga yutqazib, turnirni tark etmoqda.
«Arsenal»da kutilgan ğalaba

«Arsenal» – «Bayyer» 2:0
Gollar: Eze 36, Rays 63
«Arsenal»: Rayya, Timber, Saliba, Gabriel, Inapkiye, Rays, Subimendi, Eze (Havers, 69), Saka, Trossar (Martinelli, 69), Yokereş.
«Bayyer» Blahiç, Kuansa, Andrih, Terriyer (Tillman, 60), Tapsoba, Poku, Grimaldo, Garsiya, Palasios (Şik, 70), Maza, Kofane.
Birinçi öyin: 1:1
APLda peşqadamlik qilayotgan «Arsenal» YeÇLda ham yurişini davom ettirmoqda. Umumiy guruh bosqiçida 100 foizlik natija qayd etgan londonliklar nimçorak finalning safarda keçgan birinçi öyinida «Bayyer»ga umid bergandi (1:1), ammo Londondagi javob uçraşuvida raqibga heç qanday imkon berilmadi.
«Arsenal» ilk daqiqalardan öyinni nazorat qildi va asta-sekinlik bilan bosimni oşirib bordi. Arteta şogirdlari nemislarni maydonning ikkinçi qismidayoq qarşi olişdi va töpni qaytarib olib, xavfli vaziyatlar yaratişdi. Birgina Trossarning özi bölim davomida tört bor zarba berdi. Mehmonlar darvozaboni Blasvihning qahramonliklari bölmaganida hisob birinçi bölimdayoq yirik körinişga kelişi mumkin edi. Ammo u ham bölim oxirlarida Ezening fantastik qarşisida ojiz qoldi. Eberiçening jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasidan keyin töp darvoza töqqizligiga borib tuşdi.
«Bayyer» ikkinçi bölimda hisobni tenglaştiriş uçun oldinga ötdi, ammo londonliklar tartibli himoyalanişdi va raqibga vaziyatlar yaratişga imkon bermadi. Keyin esa Rays jarima maydoni taşqarisidan yerlatib yöllagan aniq zarbasi bilan öyin masalasini uzil-kesil hal qildi.
Yöqotadigan narsasi qolmagan nemislar qolgan daqiqalarda yana oldinga taşlanişdi, ammo mezbonlar ularni jarima maydoniga ham kiritmadi. Öz navbatida, «Arsenal» xavfli qarşi hujumlar uyuştirdi va uçinçi golni ham urdi, ammo Haversning goli töp qöl bilan öynalgani tufayli bekor qilindi.
Yakunda ikki gol farqidagi ğalaba saqlanib qoldi va «Arsenal» keyingi bosqiçda «Sporting»ga qarşi öynaydigan böldi.
«Çelsi»da antirekordlar

«Çelsi» – «PSJ» 0:3
Gollar: Kvaratsxeliya, 6 (0:1). Barkolya, 15 (0:2). Mayulu, 62 (0:3)
«Çelsi»: Sançes, Hato, Çaloba, Kukurelya (Adarabioyo, 71), Sarr (Açimpong, 46), Santos, Kaysedo, Fernandes (Lavia, 60), Joao Pedro (Delap, 59), Pedru Netu, Palmer (Garnaço, 59)
«PSJ»: Safonov, Markinos, Paço, Nunu Mendeş (Ernandez, 66), Hakimi, Vitinya, Joau Neveş (Mayulu, 46), Zair-Emeri, Kvaratsxeliya (Li Kan In, 73), Barkolya (Due, 59), Dembele (Ramuş, 66)
Birinçi öyin: 2:5
Çempionlar ligasi 1/8 finali doirasida Londonda keçgan yana bir uçraşuvda «Çelsi» «PSJ» bilan birinçi öyindagi (2:5) uçta töp farqini yöqqa çiqariş uçun maydonga tuşdi, ammo yana uçta gol ötkazib yubordi.
Parijdagi uçraşuvda dubl qayd etgan Xviça Kvaratsxeliya javob öyinida 6-daqiqadayoq intrigani öldirdi. Biroz ötib Barkolya ham öz nomini tabloga yozdirib qöydi.
Mezbonlar ustozi Liam Rosenior ikkinçi bölimda birdaniga uçtalik almaştiriş qilişi (Palmer, Fernandes va Joau Pedro örniga Garnaço, Lavia va Delap) heç qanday foyda bermadi. Mehmonlarning zaxiradan öyinga qöşilgan futbolçisi Mayulu esa biroz ötib yakuniy hisobni örnatdi – 0:3.
«Çelsi» bu öyinda antirekordlar qayd etdi: jamoa YeÇLda bungaça 14 daqiqa içida ikki gol ötkazişi va pley-offda ikki öyin natijasiga köra 8 gol ötkazib yuborişi hali kuzatilmagandi.
Uşbu işni uddalagan «PSJ» esa sönggi yetti mavsumda beşinçi bor asosiy yevrokubok çorakfinaliga yöl oldi. Jamoa heç qaçon 1/4 finalda qoqilmagan va doim keyingi bosqiçga ötgan.
Parijliklar bu bosqiçda «Liverpul» va «Galatasaroy» juftligiga qarşi öynaydi (bu jamoalarning birinçi öyinida istanbulliklar 1:0 hisobida ğalaba qozongan, javob öyini bugun Angliyada bölib ötadi).











