Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahrisabzdagi yarmarka savdo rastasida 210 mln so‘mlik «paqildoq» aniqlandi
Qashqadaryo Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Shahrisabzdagi savdo yarmarkasi tashkil etilgan rastada 210 million so‘mlik pirotexnika vositalari ushlangan.
Xabarda ma'lum qilinishicha, ichki ishlar xodimlari tomonidan 19 dekabr kuni soat 10:20larda Shahrisabz shahar «Pillakashlik» MFY hududidagi savdo majmualaridan biri oldida tashkil etilgan savdo yarmarkasi rastasida katta miqdordagi pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur 27 xil turdagi 1 144 dona va qiymati 210 000 000 so‘mlik pirotexnika vositalari Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yunusobod ko‘chasi 9-mavzeda yashovchi fuqaro X.B. ga tegishli bo‘lgan.

Mavzuga oid
19:43 / 13.01.2026
Xavflilik darajasi yengil bo‘lgan pirotexnika buyumlariga ruxsat beriladi
17:53 / 01.01.2026
Farg‘onada qo‘lbola salyut otganlar javobgarlikka tortildi
12:29 / 28.12.2025
Toshkentda 24 yoshli yigit pirotexnika portlashi tufayli og‘ir jarohat oldi
19:34 / 20.12.2025