Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quyoshda qolgan plastik suv idishlari saratonga olib kelishi mumkin – tadqiqot
Xitoylik olimlar quyoshda turib qolgan plastik suv idishlari saratonga sabab bo‘ladigan moddalarni chiqarishi mumkinligini aytmoqda.
Foto: National Geographic
Quyoshda qolgan 6 turdagi plastik suv idishlari Jinan universitetining Guangdong laboratoriyasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Ularning barchasidan ultrabinafsha nurlanishi va issiqlik ta’sirida chiqadigan alkan, alken, spirt, aldegid, kislota va kanserogenlar kabi zararli kimyoviy moddalar topilgan.
Tadqiqotda ultrabinafsha va quyosh nurlanishida chiqariladigan moddalarning turlari va zararlari chuqur o‘rganilgan. Laboratoriyaning yetakchi tadqiqotchisi Doktor Huase Ouning ta’kidlashicha, bunday idishlardan tez-tez foydalanish xavfli o‘smalarga olib kelishi mumkin. “Tadqiqotimiz plastik suv idishlari quyosh nuri ta’sirida sog‘liq uchun xavf tug‘diruvchi zaharli birikmalarni chiqarishi haqida ishonchli dalillar beradi. Iste’molchilar bu xavflardan xabardor bo‘lishlari kerak”, – dedi u.
Tadqiqotchilar ichimlik suv xavfsizligini kafolatlash uchun saqlash sharoitlarini jiddiy nazoratga olish va inson salomatligiga zarar yetkazmaydigan materiallar ustida ishlash kerakligini tavsiya qilyapti.
Mavzuga oid
18:36 / 29.02.2020
Belarusda umumiy ovqatlanish joylarida bir martalik plastik idishlardan foydalanishni taqiqlash rejalashtirilmoqda
16:21 / 26.09.2018
Dunyoga plastikdan xalos bo‘lishga qanday yordam bersa bo‘ladi?
08:20 / 17.03.2018
Plastik idishlardagi suv orqali organizmga qancha plastik tushishi aniqlandi
21:01 / 18.11.2016