Nyu-York ştati universiteti olimlari plastik idişlarga qadoqlangan suvning bir litrida mikroplastikning örtaça 325 zarraçasi bölişini aniqlaşdi. 

Kimyogarlar öz tadqiqotlarida Yevropa, Afrika, Osiyo, Şimoliy va Janubiy Amerikadagi 9 ta davlatda işlab çiqariluvçi 259 ta plastik idişni örganib çiqişdi. Tanlab olingan namunalar orasida dunyoga taniqli brendlar idişlari ham bölgan.  

Kimyoviy tahlil barça idişlardan faqatgina 17 tasida mikroplastik izlari bölmaganini, qolganlarida esa mikroplastikdan bir litr suvga 10 ming zarraça borligini körsatgan. Topilgan zarraçalardan aksariyati 6 mikrometrdan 100 mikrometrgaça ölçamda bölgan, bu esa taxminan inson soçi qalinligiga tengdir.

Bunda mikroplastikning katta qismi idişlarning qopqoği tayyorlanadigan polipropilen ekanligi aniqlangan.

Avvalroq olimlar insoniyat plastik qadoqlaş idişlari texnologiyasi paydo bölgandan keyin taxminan 8 mlrd tonna plastikni tayyorlaganini aniqlaşgandi. Bu miqdordan uçdan ikki qismi çiqindixonalarda va Dunyo okeani sirtidagi “çiqindi doğlarida” saqlanadi.