Belarusda 2021 yil 1 yanvardan umumiy ovqatlaniş joylarida olti turdagi plastik buyumlar - stakanlar, likoplar, içimliklarni aralaştirişga möljallangan tayoqçalar, nayçalar va konteynerlardan foydalaniş taqiqlanadi.
Mamlakat Monopoliya va savdoni tartibga soliş vazirligi ana şunday qaror çiqardi.
Hukumat 2023 yildan umumiy ovqatlaniş joylarida barça turdagi plastik idişlardan foydalanişni rejalaştirgan.
Tabiat resurslari va atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziri örinbosari Aleksandr Korbutning ma'lum qilişiça, mamlakatdagi umumiy ovqatlaniş muassasalarining yarmiga yaqini bir martalik plastik idişlardan umuman foydalanmaydi. Yana 32 foizi qisman foydalanadi.
Ma'lumot berilişiça, mamlakatda yiliga 280 ming tonna polimer çiqindilar hosil böladi.

















