Sir emaski, odam hayot faoliyatiga tegişli mahsulotlarni har kuni taşlab yuboradi. Biroq ulardan ba'zilarining çirişi uçun qisqa muddat talab etilsa, boşqalari masalan, plastik bunday xususiyatga ega emas. Atrof-muhitni tozaroq saqlaşda yordam beradigan maslahatlarni jamladik.

Öralgan mahsulotlarni kamroq sotib oling
Dökon va savdo tarmoqlari egalari öz xaridorlari hayotini maksimal darajada soddalaştirişga harakat qilişadi. Nafaqat şokolad, hatto meva va sabzavotlar ham maxsus öramlarga joylaştiriladi. Biroq odatda qulaylik uçun hamyonimizdan haq tölaymiz. Balki bozorda heç qanday öramlarsiz yangi va tabiiy mahsulotlarni topiş mumkindir.
Plastik paketlardan foydalanmang
Supermarketlardagi paketlar bugun haqiqiy muammoga aylangan. Ularning zararini börttiriş muşkul. Öylab köring-a, taxminan 20 daqiqa davomida foydalaniladigan paketning butkul yöq bölişiga 200 yil kerak böladi. Balki uyingiz yaqinidagi supermarketda qoğoz paket xarid qiliş imkoni bordir.

Plastik idişlardan voz keçing
Şubhasiz, ofisga tuşlik olib borişda plastik idişlar juda qulay, biroq ekologik emas. Bundan taşqari ayrim plastik idişlar zaharli moddalar ajratadi. Bu esa salomatligingiz uçun zararli.
Butilkadagi içimliklar etiketkasiga qarang
Yaxşiyamki atrof-muhit haqida qayğuradiganlar tomonidan işlab çiqarilgan suvni peştaxtalarda uçratiş mumkin. Qayta işlanadigan materialdan çiqarilgan suv butilkasini topiş imkoni har doim mavjud.

Xarid qilişga borganda özingiz bilan maxsus sumkani oling
















