Buxoroda ikki tuman hokimi o‘zgardi
24 fevral kuni Buxoro viloyatining Jondor va Qorovulbozor tumanlarida hokimlar o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.
Jondor tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda tashkiliy masala ko‘rilib, Jondor tumani hokimi Baraka Sottorovich Tolipov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Uning o‘rnini shu vaqtgacha Qorovulbozor tumaniga rahbarlik qilib kelayotgan Kamol Ro‘ziyevich Kamalov yangi hokim etib tayinlandi.
Xuddi shu kuni Xalq deputatlarining Qorovulbozor tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda ham tashkiliy masala ko‘rildi.
Tumanning sobiq hokimi Kamol Kamolov boshqa lavozimga o‘tgani munosabati bilan uning o‘rniga shu paytga qadar Buxoro viloyat «O‘zagrokimyohimoya» hududiy aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Akmal Anvarovich Ostonov Qorovulbozor tumani hokimi etib tayinlandi.

Akmal Ostonov 1998-2002 yillarda Buxoro davlat universitetida o‘qigan, 2002-2004 yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti talabasi. U 2004-2007 yillarda — «Buxoroagromashservista’minot» ishlab chiqarish shirkatida ishchi bo‘lib ishlagan, 2007-2009 yyillarda — Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yichi birinchi o‘rinbosari kotibiyati referenti, yetakchi mutaxassisi, 2009-2014 yillarda — Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi, 2014-2015 yillarda — Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi, 2015 yili — Buxoro viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri, 2015 yildan — Buxoro viloyati «Qishloqxo‘jalikkimyo» hududiy aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
JSST kelajakdagi pandemiyalardan himoyalanish rejasini taqdim etadi
Jahon | 17:31
-
Vashington meri 11 aprelni «Aleksandr Ovechkin kuni» deb e’lon qildi
Sport | 17:21
-
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05
-
Toshkentda “Yashil iqtisodiyot” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

11:40
Xitoy Buxoroda "aqlli" shahar infratuzilmasini yaratishda qatnashadi

21:10 / 01.04.2025
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi

18:36 / 31.03.2025
Buxorodagi xususiy bog‘chada 1,5 yoshli bola tok urishidan vafot etdi

10:55 / 27.03.2025