Sport | 09:40 / 01.03.2017
6546
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Kubogi. «Borussiya» avtobusi yo‘lda botqoqqa botdi, uchrashuv o‘tkazilmadi

Germaniya Kubogining chorak finali doirasida o‘tkazilishi belgilangan «Shportfroynde» va Dortmundning «Borussiya» jamoasi yomon ob-havo sharoiti tufayli o‘tkazilmay qoldi. 

O‘yin bosh hakami Feliks Brix o‘yindan oldin gazon holatini tekshirgan va bunday ob-havo sharoitida o‘yinni o‘tkazishning imkoni yo‘q deb hisoblagan. O‘yinni qoldirish qarori mahalliy muxlislar tribunalarga kelib joylashgan vaqtda qabul qilingan.

Undan oldinroq «Borussiya» avtobusi Lotte shahridagi stadionga borish yo‘lida botqoqqa botib qolgan. Avtobusni traktor yordamida surishgan. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid