Bundesliga. 24-tur.

6 mart (şanba)

BAVARIYa – BORUSSIYa DORTMUND

Öyin boşlaniş vaqti: 22:30

TV-translatsiya: SportTV

Hozir turnir jadvali va töplangan oçkolar nuqtayi nazaridan qaraganda, oradagi farq katta bölsa-da, bu öyin baribir Bundesligada eng markaziy öyin bölib qolaveradi. Birinçidan, dortmundliklar öz tarkibidagi yulduz futbolçilari bilan «Bavariya»ga yaqin kela olişadi, ikkinçidan, aynan şu ikki klub Çempionlar Ligasida ham Germaniya şarafini munosib himoya qilib, keyingi bosqiçga çiqiş uçun yaxşi imkoniyat hosil qilişgan. Dortmunddagi birinçi davra uçraşuvi ham juda şiddatli va qiziqarli ötgan va unda mehmonlar 3:2 hisobida irodali ğalaba qozongandilar.

Bundan taşqari, dortmundliklar bir qator muvaffaqiyatsiz öyinlardan söng, qatorasiga tört ğalabaga erişişdi – Germaniya kubogi yarim final yöllanmasi bilan birgalikda, Bundesligada yana YeÇL yöllanmasi uçun kuraşga qaytişdi. Ikkinçi maqsad juda muhim, zero agar «Borussiya» bu mavsumda nufuzli yevrokubokdan quruq qolsa, Sanço, Holand, Reyna kabi bir qator yulduz futbolçilarni tarkibda olib qoliş yanada qiyinlaşib ketadi. Şundoğam Yevropa grandlari uşbu futbolçilar uçun navbatda turişibdi.  

«Bavariya» esa «Arminiya» va «Ayntraxt»ga qarşi omadsiz öyinlardan söng, turnir jadvalidagi qulay pozitsiyani boy berdi. Endi «Leypsig» bilan atigi 2 oçko ajratib turibdi xolos. «Redbulçilar» qatorasiga beş öyindan beri Bundesligada ğalaba qozonayotgani va navbatdagi raqib örtamiyona «Frayburg» ekanini e'tiborga olsak, myunxenliklarning xato qilişga haqlari yöq. Milliy jamoalar bilan boğliq tanaffus ötgaç, ikki peşqadam «Leypsig» maydonida özaro kuç sinaşadi. Öşa öyingaça vaziyatni nazoratda uşlab turib ayni damda «Bavariya»dan xatosiz öyinlarni talab qiladi.  

Jamoalar tarkibida öyin muvozanatiga katta ta'sir ötkazişi mumkin bölgan jarohatlar köp. Barça yulduzlar öz örnida. Faqat dortmundliklarni uç kun ötib, YeÇLda «Sevilya»ga qarşi muhim öyin kutib turganini unutmaslik kerak. «Bavariya» esa «Latsio» bilan öyinini 18 martda ötkazadi.  

A Seriya. 26-tur.

6 mart (şanba)

YuVeNTUS – LATsIO

Öyin boşlaniş vaqti: 00:45