Ilhom Aliyev o‘z turmush o‘rtog‘ini birinchi vitse-prezident etib tayinladi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev o‘zining turmush o‘rtog‘i Mehribon Aliyevani respublikaning birinchi vitse-prezidenti etib tayinladi. Bu haqida davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, davlat rahbari o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan taqdirda prezident vakolatlari birinchi vitse-prezidentga o‘tadi.
O‘tgan yilning sentabrida Ozarboyjonda konstitutsiyaga o‘zgarishlar kiritishga doir referendum bo‘lib o‘tdi. Boshqa vakolatlar bilan bir qatorda prezident vakolatlari muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi, vitse-prezidentlar lavozimlari joriy qilindi, davlat rahbari lavozimiga nomzodlarga nisbatan yoshga doir cheklovlar bekor qilindi. Aliyeva tayinlangunga qadar birinchi vitse-prezident lavozimi bo‘sh bo‘lgan.
Mavzuga oid
00:59 / 21.11.2024
Ozarboyjon 2025 yilgi mudofaa xarajatlarini oshiradi
14:26 / 13.11.2024
BMT sudi: Armaniston va Ozarboyjonning da’volari bizning yurisdiksiyamizda
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024