Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili bu mamlakatlar hududiga raketa hujumi bo‘lmaganini ma’lum qildi.
Foto: Videodan kadr
Eron Qurolli kuchlari Kipr, Turkiya va Ozarboyjonga hujum qilmadi. Bu haqda Eron TIV rasmiy vakili Ismoil Baqoiy brifing chog‘ida aytdi.
«Ozarboyjon, Turkiya va Kiprga kelsak, Qurolli kuchlar bosh shtabi aniq va rasman Eron hududidan yoki qurolli kuchlar tomonidan bunday raketa uchirilmaganini ma’lum qildi», dedi u.
Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili AQSh va Isroil bilan yarashuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatiga izoh berar ekan, hozircha Eronning javob choralaridan boshqa narsa haqida gapirish noo‘rin ekanini aytdi.
«Harbiy tajovuz davom etmoqda. Hozirgi sharoitda mudofaaga aloqasi bo‘lmagan, ya’ni dushmanga qaqshatqich javobdan boshqa narsa haqida gapirish noo‘rin», dedi u.
Shuningdek, Baqoiy AQSh maqsadi Eron neft resurslariga kirish ekanligini aytdi.
«AQSh maqsadi nima ekaniga shubha yo‘q, shu paytgacha hech kim AQSh maqsadi neft resurslariga kirish ekaniga shubha qilmagan», dedi Eron TIV rasmiy vakili.
AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eron hududidagi obektlarga, jumladan, Tehronga zarbalar berishni boshladi. Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obektlariga javob zarbalari bermoqda.
Mavzuga oid
19:03
AQSh va Isroil harbiy-havo kuchlari Eron aviabazalarining yarmidan ko‘pini ishdan chiqardi
15:02
AQSh harbiy qo‘mondonligi Erondagi urush boshidan beri 8 harbiysi o‘limini tasdiqladi
13:55
«Kislotali bulutlar» haqidagi xabarlar ilmiy jihatdan asossiz – O‘zgidromet
13:22