O‘zbekiston | 16:46 / 02.08.2021
1105
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpoq elining bir asrlik xazinasi jamlangan albom nashrdan chiqadi

Qoraqalpoq xalqining noyob san'at durdonalariga bag‘ishlangan rang-barang albom nashrga tayyorlanmoqda.

Albomda qoraqalpoqlar hayotini shakllantirgan yuksak badiiy buyumlar - turli xil to‘qimachilik turlari, shu jumladan, mohir kashtachilik, charm va yog‘och buyumlar bilan bezatilgan kiyim-kechaklar bilan ifodalanadi.

Albom mualliflari Qoraqalpog‘iston san'atining bir asrdan ortiq vaqt davomida to‘planib kelayotgan va 300 dan ortiq eksponatlarni o‘z ichiga olgan shaxsiy kolleksiyasini namoyish qiladi.

Shuningdek, I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san'at muzeyi kolleksiyasidan ba'zi amaliy san'at buyumlarni ham namoyish etish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qoraqalpog‘istonda madaniyat va san'atni rivojlantirish dasturi tasdiqlangandi.

Mavzuga oid