Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda madaniyat va san'atni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpog‘iston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Madaniyat va san'at sohasini hamda madaniy turizmni rivojlantirish maqsadida “2021-2024 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar” Dasturi tasdiqlandi.
Dastur quyidagilarni nazarda tutadi:
- ta'lim muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish;
- muzeylar, teatrlar va ijodiy jamoalar faoliyatini yanada rivojlantirish;
- madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
- “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish;
- madaniy-ma'rifiy, targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish.
Shuningdek, qaror bilan Madaniyat vazirligi muassisligida “Qoraqalpog‘iston san'at saroyi” davlat muassasasini tashkil etish nazarda tutilgan.
Quyidagilar San'at saroyi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
- Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari mablag‘lari;
- xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida ko‘rsatilgan xizmatlardan tushadigan mablag‘lar;
- xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
- jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
- qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mavzuga oid
13:57 / 12.07.2026
Issiq tufayli Qoraqalpog‘istondagi bog‘chalar vaqtincha yopiladi
08:49 / 02.07.2026
1,4 mlrd so‘mni talon-toroj qilgan guruh fosh etildi
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
18:28 / 11.06.2026