O‘zbekiston | 20:39 / 21.01.2017
19867
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholiga transport xizmati ko‘rsatilishi tubdan yaxshilanadi

Foto: Kun.uz

Qonunchilik hujjatlarini baholash tizimi portalida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taqdim etildi.

Unga ko‘ra, arzon uy-joylar qurish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta'minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilishda aholining, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar va fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifalarining yashash shart-sharoitlarini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shaharlar va qishloq joylarida arzon uylarni qurish orqali yanada yaxshilash ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta'minlanganlik darajasini oshirish, eng avvalo, yangi suv o‘tkazish tarmoqlarini qurish, zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarida aholining toza ichimlik suvi bilan ta'minlanishini tubdan yaxshilash; odamlar yashashining ekologik xavfsizligini ta'minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizatsiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindi yo‘q qilishning zamonaviy obektlari bilan ta'minlash; aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish, yangi har tomonlama qulay avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish hamda ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, yo‘l infrastrukturasi qurilishi va rekonstruksiya qilinishini jadal davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish, xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, aholi punkti ko‘chalarini kapital va joriy ta'mirlash; yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish asosida aholini elektr energiyasi bilan ta'minlashni yaxshilash, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilg‘i-energiya resurslari bilan ta'minlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; teatr-tomosha, madaniy-ma'rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ham nazarda tutilgan.

Mavzuga oid