Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda AQSh kompaniyalari bilan birgalikda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarilishi mumkin
Bugungi kunda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash sohasida AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) hamda boshqa nufuzli tashkilotlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tibbiy ta’lim, infeksion kasalliklarni yuqori texnologiyalar yordamida tashxislash, tibbiyot muassasalarini boshqarish, sog‘liqni saqlashni raqamlashtirish va tibbiy sug‘urta kabi sohalarda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.
Shuningdek, AQSh kompaniyalari bilan birgalikda O‘zbekistonda dori-darmon va farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, O‘zbekistondagi shifoxonalarni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash masalalari batafsil muhokama qilindi.
Muloqot yakunida tibbiyot yo‘nalishidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.
Bugungi kunda O‘zbekiston AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) hamda boshqa nufuzli tashkilotlari bilan sil va o‘pka kasalliklari profilaktikasi, tibbiyot muassasalarini maxsus uskunalar bilan jihozlash, gepatit B, S hamda boshqa yuqumli infeksiyalarga qarshi kurashish, sanitariya va epidemiologiya kabi sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda.
Mavzuga oid
11:50
Zelenskiy: Ukraina, Rossiya va AQShning yangi uchrashuvi 1 fevral kuni bo‘lib o‘tadi
11:24
Tramp va demokratlar to‘qnashuvi: ICE masalasi budjet inqiroziga aylanmoqda
10:06
NATO bosh kotibi Ryutte: Yevropa AQShsiz o‘zini himoya qila olmaydi
23:14 / 26.01.2026