Yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi
Yoshga doir pensiyalarni pensiya yoshiga to‘lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda tayinlashni nazarda tutuvchi bu tartib 2025 yil 1 martdan kuchga kiradi.

Foto: Kun.uz
“Aholiga pensiya tayinlash bo‘yicha ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2024 yil 1 yanvardan:
fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qo‘shimcha ravishda ularning xohishiga ko‘ra DXM yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;
fuqarolar pensiya tayinlanganidan so‘ng shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larini YaIDXP yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi mumkin bo‘ladi.
Bunda, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.
2025 yil 1 martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan yoshga to‘lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.
Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg‘armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma’lumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.
Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.
2025 yil 1 martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi
O‘zbekiston | 07:45
-
O‘zbekiston xokkey milliy jamoasi jahon chempionati III divizioniga chiqdi
Sport | 07:43
-
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
O‘zbekiston | 07:30
-
Olimlar ekstremal issiq va sovuqqa bardoshli «supermetall»ni yaratdi
Fan-texnika | 00:23
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

16:58 / 19.02.2025