Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydan Toshkentga 202 ta yangi elektrobus keltirildi
Poytaxtda «Toshshahartransxizmat» harakat tarkibini yangilash maqsadida XXRdan keltirilgan 202 dona yangi elektrobuslarni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Poytaxt jamoat transporti tizimini rivojlantirish, ekologik toza va energiya tejamkor transport vositalarini joriy etish maqsadida Yutong kompaniyasida ishlab chiqarilgan 202 dona zamonaviy elektrobuslarning ramziy kaliti «Toshshahartransxizmat» AJ rahbariga topshirildi.
Bugungi kunda jamiyat tomonidan 163 ta avtobus yo‘nalishida, shundan 92 tasi bog‘lovchi, 14 tasi halqa, 11 tasi magistral, 46 tasi yetkazib beruvchi yo‘nalishlarda kuniga 1 556 ta avtobus qatnamoqda. Ularning o‘rtacha oraliq intervali 10–12 daqiqa, kunlik qatnovlar soni esa 22 318 marotabani tashkil etadi.
2025 yilning II choragida poytaxt jamoat transporti orqali kunlik yo‘lovchi tashish hajmi 1,4 million kishiga yetkazildi, xizmat hajmi 27 foizga oshgan.
Shuningdek, yo‘nalishlarning umumiy uzunligi 2 945 kmdan 2 990,8 kmgacha kengaytirildi, bu esa jamoat transportining o‘rtacha tezligini 18 km/soatdan 21 km/soatgacha oshishiga imkon berdi.
2025 yilda xarid qilingan 202 dona elektrobus va ular uchun 100 dona quvvatlash uskunalari tufayli jamiyatdagi ekologik toza transport ulushi sezilarli oshadi.
2030 yilgacha bo‘lgan rivojlanish strategiyasiga muvofiq, jami 1 200 dona elektrobus xarid qilinishi rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida jamoat transporti parkidagi elektrobuslar ulushi 50 foizdan 63 foizgacha yetadi.
Mavzuga oid
09:10
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:04 / 06.06.2026
Sun’iy yo‘ldoshlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
17:12 / 05.06.2026