1 iyun kuni olingan sun’iy yöldoş tasvirlarida kuzatilgan suvosti kemasining asosiy öziga xos jihati — unda zamonaviy submarinalar uçun an’anaviy hisoblangan rubka (ustki boşqaruv qismi)ning mavjud emasligidir.
Tahlilçilarning fikriça, bunday yeçim Xitoyning yuqori tezlikka ega, kam şovqinli va aniqlaş qiyin bölgan yangi avlod suvosti platformasini yaratişga urinayotganidan darak berişi mumkin.
Dastlabki baholaşlarga köra, suvosti kemasining uzunligi taxminan 120 metr, kengligi esa 10–11 metr atrofida. Bu körsatkiçlar uni aksariyat zamonaviy dizel-elektr suvosti kemalaridan, hatto ba’zi atom suvosti kemalaridan ham yirikroq qiladi.
Taqqoslaş uçun, Xitoyning Type 093 loyihasidagi atom suvosti kemalari uzunligi 108–110 metrni taşkil etadi, AQŞning Virginia sinfidagi atom submarinalari esa taxminan 115 metrga teng.
Yangi kemaning aniq vazifasi hozirça ma’lum emas. Biroq uning ölçamlari bu tajriba namunasi emas, balki yirik jangovar platforma bölişi mumkinligini körsatmoqda.
Mutaxassislarni eng köp qiziqtirayotgan jihat — an’anaviy rubkaning yöqligi. Oddiy suvosti kemalarida mazkur qism periskoplar, radar va razvedka maçtalari, aloqa antennalari, havo oliş tizimlari hamda suv yuzasida harakatlaniş paytida kuzatuv uçun xizmat qiladi.
Bunday konstruksiyadan voz keçiş korpusning gidrodinamik xususiyatlarini yaxşilaşi mumkin. Ekspertlar fikriça, bu suvosti tezligini oşiriş, manyovrçanlikni yaxşilaş, şovqin darajasini kamaytiriş va duşman tomonidan aniqlaniş ehtimolini pasaytiriş imkonini beradi.
Hozirça Xitoy rasmiylari mazkur loyiha yuzasidan heç qanday ma’lumot bermagan.
Şunga qaramay, tahlilçilar uning ehtimoliy vazifalari sifatida yangi avlod atom zarba beruvçi suvosti kemasi, dronlar taşuvçisi, istiqbolli texnologiyalarni sinaş platformasi yoki dengiz tubida maxsus operatsiyalar uçun möljallangan submarinani körsatmoqda.
Mutaxassislar fikriça, agar loyiha muvaffaqiyatli çiqsa, u sönggi ön yilliklarda suvosti kemalari konstruksiyasidagi eng katta özgarişlardan biriga aylanişi mumkin.
Sun’iy yöldoşlar Xitoyning noodatiy suvosti kemasini aniqladi
Şanhaydagi Jiangnan Shipyard verfida olingan yangi sun’iy yöldoş suratlarida Xitoyning ilgari ma’lum bölmagan yirik suvosti kemasi aniqlandi. Mutaxassislar uni sönggi yillardagi eng ğayrioddiy harbiy-dengiz loyihalaridan biri deb baholamoqda.












